Germaniyada işlab çiqarilgan zamonaviy Leopard jangovar tanklarini Ukrainaga ötkaziş niyatida bölgan Yevropa davlatlari koalitsiyasi zaiflaşayotganga öxşaydi. 14 fevral, seşanba kuni keçqurun Germaniyaning Die Welt gazetasi Daniya va Niderlandiya hukumatlariga yöllangan sörovlarga tayanib xabar berişiça, bu ikki davlat Kiyevga Leopard 2 tanklarini yetkazib beriş qarorini qayta körib çiqqan.

Avvalroq Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte qirollik Ukrainaga uning mamlakati Germaniyadan ijaraga olgan va hali ham nemis-niderland batalonida xizmatda bölgan 18 ta Leopard 2 tankini berişi mumkinligini aytgan edi, deb eslaydi gazeta. Biroq Haaganing Die Welt söroviga javobida aytilişiça, ular bu tanklarni Ukrainaga bera olmaydi. «Uşbu qaror Niderlandiya va Germaniya örtasida puxta muvofiqlaştirilgandan söng qabul qilindi», — deya qirollik rasmiylarining javobidan iqtibos keltiradi tahririyat.

Daniya böyiça, mamlakat hukumat doiralaridagi Die Welt manbalari ham tahririyat söroviga javoban ixtiyorida 44 ta zamonaviy Leopard 2A7 tankiga ega bölgan mamlakat yetkazib beruvçilar koalitsiyasida iştirok etmasligini aytdi. «Leopard 2 koalitsiyasida iştirok etişdan boş tortgani uçun kompensatsiya sifatida Niderlandiya va Daniya nemis sanoati zaxiralaridan 100 ta Leopard 1 tankini ta’mirlaş xarajatlarining bir qismini öz zimmasiga oladi, - deb yozadi Die Welt. - Bu mamlakatlarning özlari bunday eskirgan tanklarga ega emaslar».

Aftidan, 200 ta Leopard 2 tankidan iborat katta arsenalga ega bölgan va hali ham koalitsiyaning muhim hamkori hisoblangan Finlandiya Kiyevga tanklar yetkazib berişga şoşilmayapti, deb yozadi nemis gazetasi. Unga köra, mamlakat NATOga kirişni kutmoqda. Die Welt tomonidan söralganda, Helsinkidagi hukumat vakili Finlandiyaning tank koalitsiyasida iştirok etişining «operativ şakli va mazmuni hali davom etayotgan jarayon» deb javob berdi.

Avvalroq, Finlandiya Ukrainaga NATOga qöşilgandan keyingina tanklar yetkazib beradi degan taxminni The Wall Street Journal alyans doiralariga tayangan holda taxmin qilgan edi. «Hozirda Turkiya mamlakatning NATOga kirişiga tösqinlik qilmoqda. Xuddi şu narsa Şvetsiyaga ham tegişli. Stokholm ham tanklar yetkazib berişdan boş tortmoqda», deb ta’kidlaydi Die Welt.

«Germaniya hukumati hamjihatlikda harakat qilmoqçi edi. Biroq Germaniya birinçi bölib oldinga katta qadam taşlaganidan söng, boşqa mamlakatlarning aksariyati joyida qoldi», deb ta’kidlaydi gazeta.