Bu haqda «Sinxua» xabar bermoqda

Agentlik xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Van Ini kutib olish uchun aeroportga kelgan. 

Ta’kidlanishicha, tomonlar Xitoy-O‘zbekiston do‘stligini yuqori baholadilar, ikki davlat o‘rtasida yuqori darajadagi aloqalar bo‘yicha kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdilar. 

«Ular ikki davlat rahbarlarining muhim kelishuvlarini birgalikda amalga oshirish, Xitoy-O‘zbekiston keng qamrovli aloqalar hamda Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga, mintaqada tinchlik va barqarorlikni birgalikda himoya qilishga bir ovozdan kelishib oldilar», deyiladi xabarda. 

Xitoy rasmiysi 14-22 fevral kunlari Fransiya, Italiya, Vengriya va Rossiyaga tashrif buyurishni, shuningdek, 17-19 fevral kunlari Germaniyada bo‘lib o‘tadigan 59-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etishni rejalashtirgan. 

Van I 9 yil davomida Xitoy Tashqi ishlar vazirligini boshqargan va 2023 yil yanvar oyidan Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar komissiyasida ish boshlagan.