Rossiya harbiylarining Ukrainadagi harbiy harakatlarining bir yilligi arafasida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqining Rossiya agressiyasiga birlaşgan javobini olqişladi. «Uruş boşida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropani Rossiya gaziga qaramlik bilan şantaj qila olaman deb öyladi, ammo u notöğri hisoblagan. U uruş boşlanganidan bir yil ötib, özi boşlagan energiya uruşida mağlub böldi», dedi u 15 fevral, çorşanba kuni Strasburgda Yevroparlamentdagi (YeP) nutqida. 

Fon der Lyayyenning sözlariga köra, YeI vaziyatga moslaşdi, işonçli hamkorlarga murojaat qildi va hozir birinçi muvaffaqiyatlarni körişi mumkin – Rossiyaning Yevropaga neft va gaz sotişdan tuşgan daromadi uçdan ikkiga kamaydi, Yevropa Ittifoqida gaz narxi uruş boşlangan vaqtdan ham arzonroq, Yevropa yaşil energetika va energetika mustaqilligiga pul tikmoqda. «Putinning bizni şantaj qilişga urinişi muvaffaqiyatsizlikka uçradi», - deya ta’kidladi Yevrokomissiya rahbari. 

Ursula fon der Lyayyen Ukrainani qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Ukrainadagi odamlarga nima umid baxş etişi haqida tez-tez gaplaşib turibdi. «Bu - ularning mamlakatlari kelajagi, farzandlarining kelajagi Yevropa Ittifoqida ekanligiga umid», deb tuşuntirdi fon der Lyayyen va Yevroparlamentni ukrainaliklarni YePda Ukraina xalqi vakillari ham yiğilişda ötirişi uçun zarur bölgan darajada qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. 

Fon der Lyayyen, şuningdek, Yevropa Ittifoqi birinçi marta Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida iştirok etgan Eron kompaniyalariga, jumladan, Eron inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador kompaniyalarga qarşi sanksiyalar taklif qilişini aytdi. YeK rahbarining sözlariga köra, Rossiyaga qarşi qiymati 11 milliard yevro bölgan öninçi sanksiyalar töplami yangi savdo taqiqlari va dronlar, vertolyotlar hamda raketalar işlab çiqariş uçun zarur bölgan texnologiyalar eksporti ustidan nazoratni kuçaytirişni öz içiga oladi.