Foto: Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi

Yangihayot tumanida mulkdorlar köp qavatli uyning tom qismidan noqonuniy ravişda uy qurib olgani ma’lum böldi. Holat köp qavatli uylardagi noqonuniy qurilmalarni aniqlaş tadbirlari davomida aniqlangan.

Foto: Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi
Foto: Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi

Ta’kidlanişiça, tumandagi “Yangi turmuş” MFYda joylaşgan, “Megapolis building” MÇJ tomonidan 2021 yil qurib bitkazilgan köp qavatli uyning mansarda qismida mulkdorlar tomonidan noqonuniy ravişda qöşimça uy qurilgan. Mazkur uyga xizmat körsatuvçi boşqaruv taşkilotlarining bir neça bor ogohlantirişlari ham mulkdorlarni uşbu fikridan qaytarolmagan.

Foto: Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligiga köra, mulkdorlarga nisbatan ma’muriy çora körilib, noqonuniy qurilmalarni 15 kun içida bartaraf etiş böyiça körsatmalar berilgan.  

Foto: Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi