Ichki audit xizmati xodimlariga sertifikat berish tartibi belgilanmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock
Inspeksiyaning moliyaviy nazorat funksiyasi yuklatilgan lavozimlarda hamda vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatida faoliyat yuritish uchun xodimlar O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lishlari lozim.
Sertifikat 4 yilga beriladi va keyinchalik u cheklanmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Hujjatga muvofiq, sertifikat olishning quyidagi tartibi o‘rnatilmoqda:
- talabgor har oyning 10-canasiga qadar (shu kuni ham) Auditorlar palatasining rasmiy veb-sayti orqali ariza yuboradi;
- arizani ko‘rib chiqqanlik uchun BHMning 2 baravari miqdorida yig‘im undiriladi;
- har oyning 11-sanasidan 15-sanasiga qadar (shu kuni ham Auditorlar palatasi talabgorlarni imtihonga qo‘yish haqida qaror qiladi;
- Palataning qarori talabgorga shaxsiy kabinet orqali yuboriladi;
- malaka imtihoni o‘tkazilishidan kamida 5 kun oldin Palata yozma yoki elektron shaklda imtihon o‘tkazish kuni, vaqti va joyi haqida xabarnoma yuboradi;
- malaka imtihoni axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda test shaklida o‘tkaziladi (3 soat davom etadi);
- testlar 100 ta savoldan iborat bo‘ladi va har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball beriladi, testni muvaffaqiyatli topshirish uchun kamida 75 ball to‘plash lozim bo‘ladi;
- imtihon o‘tkazilgandan so‘ng 3 kun ichida Palata imtihon natijalarini rasmiy saytida e’lon qiladi, sertifikatlarni rasmiylashtirib ularning elektron shaklda talabgorlarga yuboradi.
CIA, CRMA, QIAL, IAP, SGAP kabi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan shaxslarga milliy sertifikatlar imtihonsiz beriladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi sertifikatlar reyestrini yuritadi, reyestr Auditorlar palatasi rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Telegram Rossiyada 7 million rubl jarimaga tortildi
Jahon | 11:27
-
Audi AQShga avtomobil yetkazib berishni bojlar tufayli to‘xtatdi
Jahon | 11:15
-
Minglab isroilliklar hukumatga qarshi namoyishga chiqdi
Jahon | 11:14
-
Jahon iqtisodiyoti Trampning tariflarini «hazm qilmoqda»: investorlar vahimasi, neft narxi qulashi hamda Xitoy bilan katta savdo urushi arafasi
Iqtisodiyot | 11:08
Mavzuga oid

11:27 / 08.03.2025
Toshkentda xorijiy til bilish sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

14:44 / 30.01.2025
Britaniya O‘zbekiston mahsulotlarini sertifikatlashga ko‘maklashadi

09:00 / 09.01.2025
2025 yilda “Yashil bino” sertifikati joriy etiladi

09:10 / 23.10.2024