Bu – 16 fevral kuni imzolangan prezident qarorida közda tutilgan.

Qarorga köra, yil oxirigaça 5407 ta ijtimoiy obekt kömirda isitişga ötkaziladi va buning uçun 184,4 ming tonna kömir yetkazib beriş közda tutiladi.

Toşkentda 20 ta maktabning isitiş tizimini kömirga ötkaziş reja qilinmoqda. Sergelida 6 ta, Yangihayotda 5 ta, Bektemir tumanida 4 ta, Yaşnobodda 3 ta va Mirzo Uluğbekda 2 ta maktab röyxatga kiritilgan.

Kömirga ötkaziladigan 250 ta zavodning 126 tasi ohak, 101 tasi ğişt, 23 tasi sement zavodlaridir. Uşbu korxonalar va 1147 ta issiqxonani kömirga ötkaziş orqali 926 mln kub metr gazni tejaş nazarda tutilgan. Ularning kömirga bölgan talabi 1,63 mln tonnani taşkil qiladi.

1 maydan boşlab yangi taşkil etiladigan issiqxona xöjaliklari hamda sement, ğişt va ohak mahsulotlarini işlab çiqaruvçilarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulaniş uçun texnik şartlar berilişi taqiqlanadi.

Kömirga ötkazilayotgan korxonalarga asbob-uskunalar xarid qiliş uçun kreditlar ajratiladi. Mas’ul taşkilotlar ularga öz mahsulotlarini eksport qilişda “kafolatlangan rağbatlantiriş çoralari”ni körişi kerak.

“Kömir ta’minot” MÇJ “Özbekkömir” AJ tasarrufidan çiqarilib, kömir omborlari va yordamçi uskunalari bilan birga Energetika vazirligi tasarrufiga ötkazildi.

1 apreldan import qilinadigan kömirni temiryöl orqali taşişga 50 foizlik çegirma joriy etiladi (masofasidan qat’i nazar).