2023 yil 1 apreldan umumiy quvvati 100 kVtgaça bölgan qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini örnatgan jismoniy va yuridik şaxslar ular foydalanişga topşirilgan paytdan e’tiboran 3 yil muddatga, örnatilayotgan quyoş panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bölmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlaş tizimi bilan örnatilgan bölsa – 10 yil muddatga quyidagilarni tölaşdan ozod etiladi:

  • uşbu qurilmalar böyiça mol-mulk soliğini; 
  • qurilmalar bilan band bölgan uçastkalar böyiça yer soliğini; 
  • yuridik şaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uçun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda soliğini.

2023 yil 1 martdan yagona elektr energetika tizimiga ulaniş uçun berilgan texnik şartlarda körsatilgan quvvatdan yuqori bölmagan qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulaşda qöşimça texnik şart oliş talab etilmaydi.

Tadbirkorlar, xorijiy investorlar:

  • qayta tiklanuvçi energiya manbalarida işlab çiqarilgan elektr energiyasini davlat organiga va (yoki) hududiy elektr tarmoqlariga örnatilgan tariflarda, boşqa iste’molçilarga özaro kelişilgan narxlarda töğridan töğri tuzilgan, şu jumladan, uzoq muddatli şartnomalar asosida sotişi;
  • boşqa şaxslarga tegişli obektlarda ijara huquqi asosida qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini örnatib, uşbu qurilmalarda işlab çiqarilgan elektr energiyasini sotişi mumkin böladi. 

Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan 2023 yil 1 martdan “yaşil energiya” bank moliya produkti amalga kiritiladi. 

2023 yil 1 maydan: 

  • foydalanişga topşiriladigan köp qavatli uylar tomlari böş qismining kamida 50 foizida quyoş panellarini örnatiş talabi joriy qilinadi;
  • yangi taşkil etiladigan issiqxona xöjaliklari hamda sement, ğişt va ohak mahsulotlarini işlab çiqaruvçilarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulaniş uçun texnik şartlar berilişi taqiqlanadi;
  • respublikadagi barça yoqilği (avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz) quyiş şoxobçalarining maişiy-texnik ehtiyojlari va hududini yoritiş uçun elektr energiyasi ta’minotining kamida 50 foizi uşbu obektlarda örnatiladigan quyoş panellari orqali qoplanişi talab etiladi.