Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Jo Baydendan maktub keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaşda körsatayotgan yetakçiligingiz va şaxsiy intilişingiz uçun, şu jumladan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uçun çuqur minnatdorlik bildiraman.
Özbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida özaro aloqalarni rivojlantiriş, şuningdek, Sizning mamlakat siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qiliş borasidagi sa’y-harakatlaringizni qöllab-quvvatlaş AQŞ uçun ustuvor ahamiyatga ega», deyiladi maktubda.
Şuningdek, AQŞ va Özbekiston örtasidagi strategik şeriklik çuqurlaşib borayotgani e’tirof etilgan va erişilgan yutuqlar 2023 yilda ham yanada ilgari surilişiga umid bildirilgan.
«Siz Markaziy Osiyodagi beşta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytiriş orqali qöşni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirişga katta e’tibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqçiman.
Bu sa’y-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning taşqarisida ravnaq va barqarorlikni ta’minlaşga katta hissa qöşmoqda.
Bizning şerikligimiz, mana 30 yildirki, BMTning barça mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilişdek asosiy prinsiplariga rioya qiliş asosida rivojlandi.
Işonçim komilki, uşbu qadriyatlarga muştarak sodiqligimiz özaro aloqalarimiz uzoq muddatli istiqbolda yanada mustahkamlanişiga xizmat qiladi», degan Amerika prezidenti.

















