Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 fevral kuni Buxoro şahridagi Mir Arab madrasasiga taşrifi vaqtida endilikda kam ta’minlanganlarga Umraga borişda yordam berilişini ma’lum qildi.

Prezident madrasa talabalari bilan uçraşuv davomida sönggi yillarda Umra va Haj safarlariga qatnov soni köpaytirilganini ta’kidladi. «Umraga xohlagança ruxsat berilyapti. Haj safarlari karra-karra köpaydi. E’tiqod insonning yuragida, bağrida, könglida böladi», dedi davlat rahbari.

Şundan keyin prezident kimda qanday taklif bölsa, eşitişga tayyor ekanini aytgan. Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Umraga borişga imkoniyati yetmaydigan kam ta’minlanganlar uçun davlat tomonidan yordam berilişini söragan.

«Sizdan bitta iltimos böladi, adolatli tanlov qilib bersangiz, xohlaganingizça yordam beraman. Haqiqiy kam ta’minlanganlar istagi albatta ijobat böladi. Ularning röyxatini şakllantirib bering. Kerak bölsa, u yerdagi rahbarlarga ham aytib, ularni alohida-alohida kutib oladigan qilib taşkillaştiramiz», deya javob berdi prezident.

Davlat rahbari madrasa talabalari bilan suhbatlaşgan.

«Bunday uzoq tarixga ega ta’lim dargohlari juda kam. Bugun uning şaroitini yaxşilab, tarixiy adolatni tiklaganimiz xayrli iş böldi, deb öylayman. Demokratik islohotlarimiz natijasida diniy sohaga ham erkinlik epkini kirib keldi. Şu bilan birga, axborot makoni ham oçiq. Internetda ilmiy asosi bölmagan turli talqinlar ham bor. Lekin ularni tajribasiz yoşlar qayerdan biladi? Buni sizga öxşagan ilmli kişilar, imom-xatiblarimiz isbotlab, töğri tuşuntirib berişi kerak», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Diniy ta’lim soatlari va sifatini isloh qiliş, uni amaliyot bilan boğlaş böyiça fikrlar bildirildi.