Foto: Anadolu Agency

248 soat (10 kun 8 soat)dan söng...

Qahramonmaraşda zilziladan 248 soat ötib 17 yoşli Aleyna Ölmez qutqarildi. Qutqaruv operatsiyasida iştirok etganlarning biri Hojar Atlas qizni vayronalar orasidan olib çiqiş jarayoni uzoq va maşaqqatli keçganini ta’kidlagan.

Foto: Anadolu Agency
Aleynaning tirik ekanidan xabar topgan yaqinlarining holati Foto: Anadolu Agency

“Avval qöllaridan uşlab keyin yuqoriga olib çiqdi. Ahvoli yaxşi edi, muloqot qila olardi”, deya hikoya qilgan Hojar Atlas.

Qahramonmaraşdagi şifoxonaga olib borilgan, Şunça kun oç-nahor qolgan qizning holati şifokorlarni hayratga solgan.

“Bu – aql bovar qilmaydigan voqea. U 248 soatdan keyin olib kelindi. Biz uning tana funksiyalari buzilmagani va buyraklari faoliyati yomonlaşmaganiga hayron böldik.

Foto: Anadolu Agency

Uning soğliği har soatda yaxşilanib boryapti. Uni Anqaraga jönatamiz. Muhimi, heç bir suyagi sinmagan, bus-butun. Barça a’zolari yaxşi holatda. Faqat zilzila vaqtida biroz jarohat olgan. Asoratlarning oldini oliş uçun uni yaxşiroq muhitga yubormoqçimiz”, degan Qahramonmaraşdagi şifoxona doktori, professor Çingiz Dilbar.