Putinning vorisi kim böladi: personalistik rejimda hukmdor qanday almaşadi?
|23:33 / 19.02.202359 16511 min
Rossiya Ukrainaga qarşi keng miqyosli uruş boşlagaç, uruş bir neça kun içida tugamasligi va Rossiyaga (nafaqat diplomatik, iqtisodiy jihatdan ham) juda qimmatga tuşişi ma’lum bölgaç, Putinning örniga kim kelişi mumkinligi haqidagi gap-sözlar yangi kuç bilan yangray boşladi.
Bu munozaralarda mantiq juda oddiy: Bu Putinning uruşi, uni tugatiş yoki oqibatlarini yumşatiş uçun Rossiya prezidenti boşqa odam bölişi kerak.
Rossiyadagi turli naşrlar Putinning örnini egallovçi nomzodlar sifatida RF Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin va ayni vaqtda Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari lavozimida ötirgan sobiq prezident Dmitriy Medvedev hamda prezident administratsiyasi rahbarining birinçi örinbosari Sergey Kiriyenkoni sanaşadi.
Foto: discover24.ru
Sönggi oylarda ularning barçasi Putinga yoqiş uçun bot-bot jangovar bayonotlar bilan çiqiş qilişmoqda. Masalan, Medvedev AQŞga hujum bilan tahdid qilgan va ikki yildan söng Ukraina dunyo xaritasida mavjud bölişiga şubha bildirgan. Volodin özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR»da ölim jazosini saqlab qolişni taklif etgan. Kiriyenko esa umuman, Putinning yaqin doirasiga kirişga muvaffaq bölgan va endilikda «DXR», «LXR» va Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarini boşqarmoqda.
Volodin, Medvedev, Kiriyenko — vorislikka boş nomzodlar. Foto: duma.gov.ru
Boşqa vorislar orasida Putinning sobiq tansoqçisi, ayni paytda Tula oblasti gubernatori bölgan Aleksey Dyumin sanalgan, şuningdek FVVning yangi rahbari Aleksandr Kurenkov (u ham öz vaqtida Putinni qöriqlagan), Xavfsizlik kengaşi kotibi, 71 yoşni qarşilayotgan Nikolay Patruşev ham bor.
«Meduza» maxsus muxbiri Andrey Persev Putin yaqin orada ketişi haqidagi gap-sözlarda qandaydir asos bor-yöqligi haqida fikr yuritdi.
Putin iste’foga çiqmoqçimi?
Yöq. Boz ustiga, Rossiya prezidenti navbatdagi saylovlar ötuvçi 2024 yildan keyin ketişga tayyorlanayotganiga birorta işora ham yöq. 2020 yilda konstitutsiyaga özgartirişlar kiritilganidan söng Putinning amalda qoliş uçun nazariy muddatlari yana 12 yilga çözildi. Putinning özi buni amaldorlar içidan vorislar izlab «közlar suzilmasligi» uçun qilinayotganini ta’kidlagan. Hozirga kelib esa Putin kursisidan voz keçişni aslo istamagani va mamlakatni 2036 yilgaça boşqarişdan umid qilayotganiga zarraça şubha qolmadi. «Levada» markazining iyun oyidagi sörovnomasiga köra, 72 foiz rossiyaliklar Putin 2024 yildan keyin ham prezident bölib qolişini istaşadi.
Rossiyaliklarning 72 foizi Putin 2024 yildan keyin ham prezident bölib qolişini istaydi. Foto: 1tv.ru
Biroq may oyi oxirlarida «Meduza»ning prezident administratsiyasi va hukumatga yaqin manbalari elita «Putindan keyingi kelajak»ni tez-tez muhokama qilayotganini aytişgan. Sababni ular şunday tuşuntirişgan — «Yetarli tarzda yaqin istiqbolda u davlat boşqaruvida bölmasligi haqida tuşunça yoki istak bor».
Ehtimolli sabab — Putinning salomatligi borasidagi miş-mişlar (göyoki u sönggi bosqiçdagi onkologik kasallikdan davolanmoqda). Bu miş-mişlar Putin öz vazifalarini bajarişda qiynalib boradi va u voris tanlaşga majbur böladi, deb öylaşga undaydi — 90-yillar oxirida uning özini Yelsin tanlagani kabi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan siyosatçilarning faollaşgani ham şu bilan tuşuntirilmoqda. Ular prezidentning jangovar kayfiyatiga moslaşmoqda — şu sababli ular OAVda köproq köriniş berib, taniqli böliş va elita qöllovini olişga urinmoqda.
Putin vorisini özi tanlaydimi? Unga biror kor-hol bölib qolsa-çi?
Ayni pallada Putin hokimiyati qandaydir fitna tufayli qulaşi ehtimoli juda past (garçi buni töliq inkor etiş mumkin bölmasa-da). «Meduza» sözlaşgan amaldorlar ham heç kim Putinni taxtdan yiqitiş haqida öylamayotganini ta’kidlagan edi. Albatta, ular boşqaça sözlaşi ham mumkin emasdi, biroq statistika ham Rossiyaniki kabi personalistik rejimlar odatda barqaror bölişini körsatadi.
Personalistik rejim — oliy yetakçi barqaror institutlar (armiya yoki hukmron partiya)ga emas, turli ta’sir doiralari örtasidagi murakkab munosabatlar tizimi, alaloqibat şaxsiy aloqalariga tayanib boşqarişini bildiradi. Agar hukmdor öz rejimini şunday qila olgan bölsa (Putin bilan boğliq holatdan köryapmizki, bu jarayon bosqiçma-bosqiç amalga oşadi), köp hollarda u hokimiyatni umrining söngiga qadar saqlab qola oladi.
Bunday vaziyatda esa voris tayinlab, hokimiyatni unga topşiriş juda xavfli. Buni Putinga Qozoğiston tajribasi yaqqol körsatib berdi. U yerda Nursulton Nazarboyev 2019 yilda öz ixtiyori bilan iste’foga ketib, prezidentlik postini Qosim-Jömart Töqayevga qoldirdi, undan poytaxtni Nursultonga özgartirişdek sodiqlik qasamini qabul qilib oldi, öz qölida bir qator konstitutsion vakolatlarni ham saqlab qoldi. Biroq 2022 yilning bir neça oyi içida Nazarboyev poytaxt nomidan boşqa hamma narsani yöqotdi. Sentyabr oyiga kelib esa poytaxt ham qayta Astana deb atala boşladi. Töqayev qilgani singari voris öz xöjayinini «topşirişi» va uning oilasini ham tinç qöymasligi xavfi juda katta.
Putin Nazarboyev xatosini takrorlamoqçi emas. Foto: topnews.ru
2022 yilning 24 fevraligaça Putin agar özi izn bersa demokratlaştiriş jarayon unga xotirjam qarilik gaştini surişga imkon beradi deb umid qilişi mumkin edi: qoida tariqasida yangi demokratik hokimiyat özidan avvalgi diktator bilan nisbatan xayrixoh ohangda gaplaşadi. Biroq u oçgan uruş uning şaxsan özi uçun tahdidlarni ham kuçaytirib yubordi: yangi hokimiyat uçun u endi toksik figuraga aylandi, undan xalos bölişga uriniş istagi katta bölişi mumkin.
Umuman, sönggi lahzagaça kursiga yopişib oliş Putin uçun optimal strategiyadek körinmoqda. Bu yerda ikkita oddiy yöl bor: sönggi lahzada u vorisni oşkora tayinlaşga jazm qiladimi yoki şu holatda ham sukut saqlaşni afzal köradimi? Birinçi yöldan Venesuela lideri Ugo Çaves borgan. U muqarrar ölim bilan tugaydigan kasallikdan söng Nikolas Maduroni vitse-prezident qilib tayinlagan. Rossiyada şunga öxşaş vaziyatda biroz vaqt tepada hokimiyat uçun parda ortida kuraş boradi.
Ugo Çaves va Nikolas Maduro. Foto: businessinsider.in
Janubiy-şarqiy Osiyoda hokimiyatlarning qöldan qölga topşirilişi fenomenini örgangan avtoritarizm tadqiqotçisi Aleksey Gilev elita uçun vorisning «status qudrati» juda muhimligini aniqlagan. Voris hukmron yuqoriga albatta mansub bölişi (eng yaxşisi — u birinçi şaxsning qarindoşi bölişi), ammo u «şaxsiy qudrat»ga ega bölmasligi, ya’ni omma orasida maşhur bölmasligi kerak.
Ta’sir kuçi katta bölgan doiralar yangi yetakçi juda mustaqil bölişidan manfaatdor emas, çunki ular resurslar ustidan nazoratni saqlab qolişni istaşadi. Gilevning qayd etişiça, aynan şu sababli yetakçilarga ularning bevalari, qizlari, öz siyosiy kuçiga ega bölmagan singillari voris bölişadi.
Ğarb tabloidlari Putinning qizlaridan birini ehtimolli voris deb yozganda aynan şuni nazarda tutgan. Biroq Gilev «voris dilemmasi»ga e’tiborni qaratadi: kuçsiz, ammo elitalar uçun foydali bölgan bunday yangi yetakçi hokimiyatni saqlab qolişi qiyin, hokimiyat nomzodlari esa saylovlarda ovoz yöqota boşlaydi.
Biroq possovet hududida yangi yetakçi özidan avvalgi hukmdorning, garçi u tomonidan töğridan töğri tayinlanmagan bölsa-da, avtoritar siyosatni muvaffaqiyatli davom ettirgani borasida misollar köp.
Jamiyatda bu holatda demokratiyaga erişişning birgina işonçli usuli bor — hokimiyat uçun kuraşga aralaşiş. Boz ustiga, vorislar köpinça halol saylovlarda yutqazib qöyişadi.
Putin ketmaydi. Uni yiqitişolmaydi. Salomatligi holati noaniq. Unda nega OAV vorisni muhokama qilmoqda?
Bu yerda bir neça sabab birlaşgan. Muxolif kayfiyatda bölganlar Putin yana 14 yil mamlakatni boşqara olişiga işongisi kelmayapti. U elita içki kuraşlari yoki xalq noroziliklari tufayli kursini tark etişiga ham hozirça işonib bölmaydi. Şu sababli xalqaro tajribaga murojaat qilib, Rossiyadagidek rejimda hokimiyat qanday özgarganini köriş mantiqli.
Yelsin va Putin. Foto: Kremlin.ru
90-yillar va nolinçi yillarda siyosat olamini kuzatganlarga «Voris» operatsiyasi» jumlasi juda yaxşi taniş. 1999 yilda Vladimir Putin nomzodini prezidentlikka ilgari suriş aynan şunday atalgan. Bir neça oy içida medianing kuçli qöllovi bilan FXXning köpam maşhur bölmagan direktori reytingi öndan bir foizdan birinçi turdayoq prezidentlik saylovida ğolib çiqiş darajasigaça kötarildi.
2007 yilda Putinning özi voris qidiruvi bilan maşğul böldi. Nomzodlar ikki kişi edi: mudofaa vaziri (KGB böyiça Putinning xizmatdoşi) Sergey Ivanov va prezident administratsiyasi rahbari örinbosari Dmitriy Medvedev.
Ivanov, Medvedev va Putin. Foto: Kremlin.ru
Öşanda Medvedev jamoasida işlagan iqtisodçi Igor Yurgensning eslaşiça, «vorislar»ga telekanallarda bir xil vaqt ajratilgan, ular bir-biriga mos saylovoldi kampaniyasi ötkazişgan, «ularning har biri poşşoga nimalarga qodir ekanini körsatişga majbur edi». Yurgensning fikriça, Medvedev tanlanganiga sabab — u Ğarb va Rossiya liberal elitasi bilan muloqotni yaxşiroq yölga qöya olgani bölgan. Tört yil ötgaç (kursida ötirgan çoğida prezidentlik muddatini tört yildan olti yilga kötarişga ulgurgan) Medvedev navbatdagi prezidentlik saylovida qatnaşmasligini e’lon qildi va Putin uçun Kremlga qaytiş yölini tozalab berdi.
Bu voqealarning barçasini yaxşi eslab qolgan insonlar Rossiya siyosati kelajagini «vorislik» orqali körişi mantiqli — çunki hokimiyat topşirilişining boşqaça yölini ular körişmagan. Boşqalar uçun esa bu yana haqiqiy ommaviy siyosat örnini bosuvçi narsa. Bu xuddi RF fuqarolari ham kuzatişni yaxşi köradigan AQŞdagi prezidentlik sayloviga öxşaydi. «Vorislarning virtual poygasi» Rossiyada ham haqqoniy siyosiy kuraş ketayotganidan göyoki dalolat berib turadi. Garçi unga ta’sir ötkazişning amalda heç qanday imkoni bölmasa ham, eng kamida bu realiti-şouga öxşaydi.