Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Misr Arab respublikasi prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21 fevral kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.
Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Özbekiston-Misr munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalarining keng doirasi örin olgan.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almaşiladi.
Sammit yakunida Qöşma bayonot qabul qilinişi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.
Taşrif doirasida Özbekiston rahbari Misrning yetakçi kompaniyalari rahbarlari va işbilarmon doiralari vakillari bilan uçraşuv ötkazadi.

















