Turkiyaning Ğoziantep şahridagi zilzila oqibatida qulagan uy vayronasi ostidan 2 million dollarga yaqin pul topildi va politsiyaga topşirildi. Bu haqda Haber Lutfen xabar berdi.

Qutqaruvçilar turar joy majmuasi vayronalari ostidan bir kişini olib çiqiş vaqtida pullarni körib qolişgan.

«Odamning yonida 2 million dollar bor edi, qutqaruvçilar pulni politsiyaga topşirdi. Yigitlarimiz birinçi navbatda odam hayotini saqlab qoliş uçun harakat qilişadi. Topilgan qimmatli narsalar esa politsiyaga topşiriladi – bunday holatlar köp», dedi Ğoziantep yonğin xavfsizligi xizmati rahbari Jafar Yilmaz.

Avvalroq, qutqaruvçilardan biri vayronalar ostidan 4 mln dollar topib, politsiyaga topşirgani, ammo pullar qalbaki bölib çiqqani haqida xabar berilgan edi.