Angliya: «Çelsi» çökmoqda, Klopp esa «Nyukasl»ning sirini biladi

Aston Villa – Arsenal 2:4
Gollar: 1:0 – 5 Uotkins, 1:1 – 16 Saka, 2:1 – 31 Koutino, 2:2 – 61 Zinçenko, 2:3 – 90+3, avtogol Martines, 2:4 – 90+7 Martinelli.
Aston Villa – Martines, Keş, Mingz, Konsa, Moreno (Din, 78), Makginn, Koutino (Remzi, 62), Kamara, Duglas Luis (Dendonker, 67), Buendia (Beyli, 67), Uotkins (Duran, 78).
Arsenal – Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 79), Gabriel, Saliba, Zinçenko, Çaka (Fabiu Viyeyra, 79), Jorjino, Edegor, Saka, Trossar (Martinelli, 68), Nketia.
Ogohlantirişlar: Saka (45), Duglas Luis (45), Martines (84).

«Arsenal» «MYu» ustidan qozonilgan yorqin ğalabadan keyin (3:2) qora oraliqdan ötdi — Angliya kubogidan çiqib ketdi va APLning uç öyinida atigi bir oçko oldi. Gabriel Jyezussiz qolgan jamoada hujum çiziğida muammolar kuzatilmoqda. Mudofaada ham himoyaçilar raqibning işini osonlaştirmoqda va şanba kungi öyin debyutida Uotkins bundan unumli foydalandi. Bu epizodda himoyaçi forvard bilan yakkama-yakka holatda qolgandi, barçasi maydon markazida töp yöqotilişidan boşlangandi.

Köp ötmay Saka himoyaçidan qaytgan töpni töxtatmasdan darvozaga yöllab, muvozanatni tikladi, ammo «Villa» mehmonlarga muammolar tuğdirişda davom etdi. Birminghemliklar bosimga bardoş berişdi va ajoyib qarşi hujum uyuştirib, Filippe Koutino mavsumdagi ilk golini nişonladi. Stadionga kelgan Tom Henks sevimli jamoasi gollarini nişonlaşi ijtimoiy tarmoqlarda kun mavzusiga aylandi. Bu mavsumda «Villa» tanaffusga hisobdagi ustunlik bilan çiqib ketilgan barça öyinda ğalabani oxiriga qadar saqlab qolgandi.

Ammo bu seriyaga barham berildi. Hisob Zinçenkoning jarima maydoni taşqarisidan bergan zarbasidan oldinroq ham tenglaşişi mumkin edi, ammo darvoza tösini mezbonlar joniga ora kirdi. Öyinning ikkinçi bölimida londonliklar raqib darvozasi tomon 20 ga yaqin zarba yölladi. Hisob 2:2 holatida esa Edegor qulay pozitsiyadan turib deyarli böş qolgan darvozani işğol eta olmadi. Şu bilan birga, mezbonlar ham jarima maydoniga qamalib olmadi va xavfli qarşi hujumlar uyuştirişdi. Ikkinçi bölimda öyinga qöşilgan Beylining zarbasi avval darvozabonning qöllariga, keyin esa darvoza tösiniga tegdi. Yana bir vaziyatda Duran qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Va bu Unai Emeri jamoasidagi oxirgi omadsizliklar emasdi.

Öyinga qöşib berilgan daqiqalar davom etayotganida Jorjino uzoq masofadan bergan zarbasi bilan darvoza tösinini nişonga oldi, töp esa pastga şönğib Emiliano Martinesning boşiga tegdi va darvoza töriga kirib ketdi. Argentinalik darvozabon xatosini tuzatişga harakat qilib, öyinning sönggi daqiqasida burçak zarbasi ijro etilayotgan vaqtda raqib jarima maydoniga yetib bordi. Ammo bu vaziyat Gabriel Martinelli qarşi hujumda böş darvozani işğol etişi bilan yakunlandi. Braziliyalik futbolçi golni urişidan oldin nişonlab yubordi. «Arsenal» yana turnir jadvali peşqadamligiga qaytdi.