Ukrainada uruşning 361-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Ukraina havo kuçlari press-attaşesi Yuriy Ignat Rossiya raketa zarbalarini amalga oşirişda yangi taktika qöllay boşlaganini aytdi, unga köra, rossiyaliklar daryo özanlari, jumladan Dnestr va Janubiy Bug daryolari yönalişida kam miqdorda qanotli raketalar uçirmoqda. Ignatning sözlariga köra, bu orqali rossiyalik harbiylar raketalarni maksimal darajada yer yuzasiga yaqin harakatlantirib, havo hujumidan mudofaa kuçlarini çetlab ötmoqda — bu tizimlar pastlab uçayotgan jismlarni payqaşi qiyin böladi. 
  • Belgorod oblasti rahbari Vyaçeslav Gladkov Ukraina mazkur hududdagi bir qança aholi yaşaş manzillarini öqqa tutgani haqida xabar berdi. Uning sözlariga köra, zarbalar oqibatida 12 yoşli bola halok bölgan. Gladkov öqqa tutilayotgan hududlar aholisini «taşkillaştirgan holda olib çiqiş» boşlanganini ma’lum qilgan.
  • NBC News telekanali öz manbasiga tayanib xabar qilişiça, AQŞ Xitoy Rossiyaga harbiy yordam berayotganini gumon qila boşladi. Kanal suhbatdoşining ma’lumotlariga köra, gap jumladan «bahorgi yuriş uçun jihozlar» — harbiy forma yoki zirhli nimçalar yetkazib beriş haqida ham ketmoqda.
  • Anneksiya qilingan Qrim parlamenti rahbari Vladimir Konstantinov yarimorolda ukrain biznesmenlari va siyosatçilarining «milliardlab rubl» miqdoridagi 700 ga yaqin köçmas mulk obektlari milliylaştirilgani haqida xabar berdi.
  • Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti ekspertlari taxmin qilişiça, Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinni RF mudofaa vazirligi bilan yangi qarama-qarşilikda qöllamayapti. Köp ötmay Qodirov öz telegram-kanalida «Vagnerning maxsus harbiy amaliyot hududidagi muvaffaqiyatlaridan xursand bölişdan töxtamasligi»ni aytib çiqdi.
  • Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uning mamlakati Ukraina ğalaba qozonişini istaşi, ammo heç qaçon Rossiya «töliq yakson etilişi» tarafdori bölmasligini bildirdi.

Avdiyivkadagi front çiziğida turgan ukrain harbiylari

Uruş boşidan buyon rossiyaliklar Avdiyivkani egallay olmadi — bu şahar okkupatsiya ostidagi Donetsk şahri bilan çegaradoş hisoblanadi. Rossiya qöşini şaharni öqqa tutayotgan mahalda bu yerda evakuatsiyadan boş tortgan aholi yaşaşda davom etmoqda — bular asosan keksa yoşli kişilar yoki yaqinlariga ğamxörlik qilişi kerak bölganlar. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabiga köra, Rossiya Avdiyivka yönalişida ham keng kölamli hujum boşlaşga tayyorlanmoqda. Quyida front çiziğidagi Avdiyivkani himoya qilayotgan ukrain harbiylari aks etgan suratlar.