Agar Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib berişni boşlasa, u «munosabatlarimizning qizil çiziğini» kesib ötadi, dedi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Bryusselda bölib ötadigan Yevropa Ittifoqi taşqi işlar kengaşi yiğilişi oldidan. 

Borrelning sözlariga köra, Pekin unga bunday bölmasligi töğrisida va’da bergan.

AQŞ davlat kotibi Entoni Blinkenning aytişiça, Xitoy Ukrainaga qarşi uruş uçun Rossiyaga qurol beriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Tegişli bayonot bilan Blinken CBS telekanalida Face The Nation dasturida çiqiş qildi. 

«Biz hozir boşdan keçirayotgan xavotir ular (Xitoy rasmiylari) halokatli yordam körsatiş imkoniyatini körib çiqayotgani haqidagi ma’lumotlarga asoslanadi», — dedi Blinken. Bu halokatli yordam aynan nimani öz içiga olişi mumkinligi haqida söralganda, Amerika diplomatiyasi rahbari şunday javob berdi: «Hammasi - öq-dorilardan tortib qurollargaça». 

Bungaça Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Entoni Blinken Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasining taşqi işlar komissiyasi devonxonasi rahbari, Siyosiy byuro a’zosi Van Ini «Agar Xitoy Rossiyaga sanksiyalarni muntazam ravişda çetlab ötişda yordam bersa, buning oqibatlari böladi», deb ogohlantirgan edi.