Agentlikning dastlabki ma’lumotlariga köra, 2022 yilda köçmas mulk bilan boğliq xizmatlar hajmi qariyb 9,7 trln sömni taşkil etgan.

Özbekistonda 2022 yilda köçmas mulk bilan boğliq xizmatlar hajmida 4,8 trln söm bilan Toşkent şahrining uluşi eng yuqori bölgan.

Avvalroq Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari Toşkent şahrida uy-joy narxlarining özgarişini tahlil qilgandi. 

Toşkent şahridagi köçmas mulk bozorida sotuvlar soni 8 foizga (7 814 tadan 8 408 taga) oşgan. 1 kv metr narxi örtaça 27 foizga ösdi: agar 2021 yilning noyabrida bu körsatkiç 849 AQŞ dollarini taşkil etgan bölsa, 2022 yilning noyabrida bu körsatkiç 1078 AQŞ dollariga yetgan. 

Toşkent şahrining beşta tumanida 1 kv metr uy-joy narxi şahardagi örtaça körsatkiçdan (1078 dollar) sezilarli darajada yuqori: Mirobod tumanida – 1285 dollar (+20 foiz), Yakkasaroyda – 1178 dollar (+9 foiz), Şayxontohurda – 1144 dollar (+6 foiz), Mirzo Uluğbekda - 1137 dollar (+6 foiz) va Yunusobodda - 1117 dollar (+4 foiz).