Budapeşt Moskva bilan aloqalarni saqlab qoliş niyatida va Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bostirib kirgani uçun Rossiyaga qarşi yagona frontda qarşilik körsatişga urinayotganiga qaramay, boşqa mamlakatlarni ham şunday qilişga undaydi. Bu haqda Vengriya boş vaziri Viktor Orban 18 fevral kuni xalqqa yillik murojaati çoğida ma’lum qildi.
«Biz Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni davom ettiramiz va butun Ğarb olamiga şuni tavsiya qilamiz, çunki munosabatlarsiz öt oçişni töxtatiş ham, tinçlik muzokaralari ham bölmaydi», — dedi Orban.
«Vengriya hukumati Rossiya Vengriya yoki Yevropa xavfsizligiga tahdid soladi, degan taxminni real deb hisoblamaydi», — deya qöşimça qildi siyosatçi. Uning sözlariga köra, Yevropa «uruşga kirişiş arafasida edi». «Aslida u allaqaçon Rossiya bilan bilvosita uruş holatida», dedi boş vazir va Vengriyadan farqli ölaroq, NATO va Yevropa Ittifoqining boşqa barça a’zolari uruşni qöllab-quvvatlaşini qöşimça qildi.
Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan keyin Vengriya Yevropa Ittifoqining Kiyevni qöllab-quvvatlaş böyiça taşabbuslarini bir neça bor tösib qöygan va unga qurol yetkazib berişda iştirok etmagan. Şu bilan birga, Budapeşt Moskvaga qarşi sanksiyalarning aksariyat qismini qöllab-quvvatladi, boş vazir Viktor Orban esa Rossiya agressiyasini qoraladi.


















