Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda qurolli bosqinchilik qildi
Chimkentda O‘zbekiston fuqarosi qurol do‘koniga hujum qildi, otishmada qorovul jarohat oldi.
Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonning Chimkent shahrida qurollangan shaxs qurol do‘koniga hujum qildi. Bir kishi jarohat oldi, deb xabar berdi Kazinform.
«Bugun soat 14:40 atrofida Ilyayev-Riskulbekov ko‘chalari chorrahasida joylashgan qurol do‘konida favqulodda holat signali chalindi. Voqea joyiga zudlik bilan xavfsizlik agentligi xodimlari yetib bordi. Qo‘riqchilar va qurollangan noma’lum shaxs o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda do‘kon qorovullaridan biri yaralandi», deyiladi xabarda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurollangan shaxs huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Gumon qilinuvchi O‘zbekiston fuqarosi ekani, Chimkentda ijaraga olingan kvartirada yashagani aytilmoqda.
«Undan ov miltig‘i va o‘g‘irlangan Sayga karabini olib qo‘yildi. Hozir voqea joyida tezkor tergov guruhi ishlamoqda. Hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
18:26 / 01.05.2026