Misrning «Al-Azhar aş-Şarif» universiteti rahbari örinbosari doktor Muhammad Ad-Duvayniy 19 fevral kuni Qohirada Özbekiston prezidenti maslahatçisi Muzaffar Komilov boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Al-Balad xabar berdi.

Uçraşuvda Islom olamining nufuzli öquv dargohi bilan ilmiy hamkorlikni faollaştiriş yöllari muhokama qilindi.

Şayx Ad-Duvayniyning ta’kidlaşiça, Özbekiston özining nufuzli ulamolari va şayxlari bilan musulmonlar qalbi uçun aziz mamlakat hisoblanadi, «Al-Azhar» esa Özbekiston bilan ilmiy, tarğibot va madaniy aloqalari bilan faxrlanadi.

Qayd qilinişiça, «Al-Azhar»da özbekistonlik 2600 nafar talaba ta’lim olmoqda. Bungaça «Al-Azhar» xalqaro akademiyasi imomlar, voizlar va fatvo tadqiqotçilari tayyorlaş uçun özbekistonlik imomlar ham öqişga qabul qilingan va bu borada hamkorlikni davom ettirişga tayyor.

Öz navbatida, Özbekiston delegatsiyasi a’zolari «Al-Azhar»da ta’lim olgan olimlarga ehtiyoj borligini ma’lum qilib, 20 nafar imom röyxati tayyorlab qöyilganini, ular «Al-Azhar»ga yuborilişini ma’lum qilgan.