Unda tegişli vazirlik, idora va tarmoq birlaşmalari rahbarlari hamda ikki mamlakat işbilarmon doiralarining 200 ga yaqin vakillari iştirok etdi.

Forum doirasida vazirlik, idora va tarmoq birlaşmalari rahbarlarining ikki mamlakat iqtisodiyotlarining ustuvor yönalişlaridagi istiqbolli loyihalar taqdimotlari ötkazildi.

Aniq yönaliş va loyihalar böyiça hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qiliş maqsadida G2B va B2B şakllaridagi uçraşuvlar ham ötkazildi. 

Biznes-forum yakunlari böyiça kimyo, energetika, toğ-kon sanoati, töqimaçilik, çarm-poyabzal va oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş, sanoat zonalari hamda infratuzilmani rivojlantiriş, quriliş va farmatsevtika kabi sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.