«Biz uçun uni himoya qiliş muhim, lekin bu kerak bölguniga qadar amalga oşiriladi», dedi u. Baxmut qarşilik körsatayotgan bir paytda, Ukraina «navbatdagi qarşi hujumga» tayyorlanmoqda, deya tuşuntirdi davlat rahbari. 

Zelenskiy, şuningdek, Kreml mojaroni çöziş böyiça rejalariga qaramay, Ukraina qisqa uruşga va unda ğalaba qozonişga tayyorlanayotganini ta’kidladi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning yaqin oylarda öz mamlakatiga qarşi uruşda mağlubiyatga uçraşiga qat’iy işonmoqda. 17 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi iştirokçilariga yöllagan videomurojaatida Zelenskiy: «Rossiya allaqaçon yutqazişni boşlagan», dedi. 

Zelenskiy Ğarb davlatlariga Rossiya agressiyasiga qarşi kuraşda harbiy yordam körsatgani uçun minnatdorçilik bildirdi: «Bizning ğalabamizga muqobil yöq va qat’iyatimizga muqobil bölişi kerak emas». 

Şu bilan birga, u qurol-yaroğ yetkazib beriş hali yetarliça tez bölmagan, deb hisoblaydi. Endi Putin öz tajovuzkorligi uçun vaqt orttirişga harakat qilmoqda. U hali ham köp odamlarning hayotini yöq qilişi mumkin, «şuning uçun bizga tezlik kerak», deb tuşuntirdi Zelenskiy. Bizning hayotimiz bunga boğliq, dedi u.