AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ğarbga qarşi ayblovlarini «absurd» deb atadi.
«Heç kim Rossiyaga hujum qilmayapti. Rossiya Ukraina yoki boşqa birov tomonidan qandaydir harbiy tahdid ostida, degan fikr absurddir», - dedi Sallivan jurnalistlarga.
Uning sözlariga köra, Ukrainada uruş boşlaş qarori Putinning öz tanlovi bölgan.
«Rossiya Ukrainadagi uruşni töxtatib, uyiga qaytsa - uruş tugaydi. Ammo Ukraina uruşni töxtatsa, AQŞ va koalitsiya unga qarşi kuraşda yordam berişni töxtatsa - Ukraina xaritadan yöqoladi», - deya qöşimça qildi u.

















