Prezident qarorlari bilan ro‘y bergan lavozim tayinlovlari e’lon qilindi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida:

  • Mirshod Qurbonov – IMV huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
  • Farrux Po‘latov – IMV huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga;
  • Lutfullo Umrzoqov – IMV huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida:

  • Ulug‘bek Egamov – ISSV huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
  • Ulug‘bek Murodov – ISSV huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi direktori lavozimiga;
  • Murod Mirzayev – ISSV huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori lavozimiga;
  • Dilshod Sattorov – ISSV huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida:

  • Bahrom Sharipov – QXV huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
  • Ibrohim Ergashev – QXV huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori lavozimiga;
  • Husniddin Karimov – QXV huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori lavozimiga;
  • Abrol Vahobov – QXV huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, quyidagilar o‘z lavozimini tark etdi:

  • Shuhrat Mirzayev, Maqsud Ro‘zmetov va Alisher Turayev – qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari lavozimlaridan;
  • Shuhrat Jabborov va Bahodir Isayev – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosarlari lavozimlaridan;
  • Abror Akbarov – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Erkin Hayitov – Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • Miryashin Soatov – Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbarlariga o‘rinbosarlar tayinlangani ma’lum qilingandi.