Turkiya janubi-şarqidagi Hatoy viloyatida, Suriya bilan çegaraga yaqin joyda yangi kuçli zilzila yuz berdi. Uning magnitudasi 6,3 ballni taşkil qildi, deb xabar berdi Yevropa-Örta Yer dengizi seysmologik markazi (EMSC) 20 fevral, duşanba kuni keçqurun. Istanbuldagi Qandilli seysmologiya markazi ma’lumotlariga köra, silkinişlar kuçi 6,4 ballni taşkil qilgan.
Turkiya içki işlar vaziri Sulaymon Soyluning ma’lum qilişiça, 3 kişi halok bölgan, 213 kişi yaralangan.
Zilzila episentri Örta Yer dengizi sohilidagi Samandag şahri yaqinida joylaşgan. Yer silkinişlari qöşni Turkiya viloyatlari, Suriya şimoli, Misr va Livanda ham sezilgan.
Guvohlarning sözlariga köra, Turkiya janubidagi Antakya şahrida bir neçta binolar şikastlangan, deb xabar bermoqda Reuters. SAMS xayriya taşkiloti vakili Suriyaning Halab yaqinidagi bir qança şaharlarda uylar yana qulaganini aytdi.
Ikki hafta oldin Turkiya-Suriya çegarasida ketma-ket bir neça vayronkor zilzilalar sodir bölib, har ikki davlatda 46 mingdan ortiq odam halok bölgan edi.


















