Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahar Yaşnobod tumanidan ötuvçi yerusti metro yönalişi estakadasi ostidagi (umumiy yer maydoni 2,9 gektar) hududda 1200 örinli beşta avtoturargoh hamda Sergeli tumanidan ötuvçi yerusti metro yönalişi (umumiy yer maydoni 3,37 gektar) hududida 1500 örinli yettita avtoturargoh, jami bölib 2700 örinli avtoturargoh taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Rejalaştirilgan işlar amalga oşirilişi natijasida umumiy hisobda 1700 ta yangi iş örinlari yaratiladi.
2023 yil davomida metro vagonlari parkini yangilaş maqsadida, metro yönalişlariga beşinçi vagon sifatida 10 ta harakat tarkiblariga qöşimça vagon qöşiladi, şuningdek, 14 ta tört vagonli zamonaviy turdagi yangi harakat tarkiblari foydalanişga topşiriladi.
Natijada, metro poyezdlari harakatlaniş jadvalida körsatilgan intervallarni qisqartirişga erişiladi, deyiladi ma’lumotda.

















