“Manzil” Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo yönalişi böyiça olib borayotgan sayohatining ikkinçi qişloği – Langar otaga yetib bordi. Bu manzil bizni XV asrda bunyod etilgan masjidi, yil boşida aholisi yiğilib pişiradigan darveşona oşi va öziga xos çiroyga ega Qapçiğoy darasi bilan hayratga soldi.

Langar ota qişloği Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanining Hisor toğlariga tutaşgan hududida joylaşgan. Bu maskanga asosan asosan Langar ota qabrini ziyorat qiliş uçun borişadi. Asl ismi Muhammad Sodiq Şayx bölgan bu ulamo öz davrining yetuk olimlaridan hisoblangan. Qişloqdagi qadimiy masjid Langar ota va ularning otalari tomonidan birgalikda qurilgan. Masjid qurilganiga köp vaqt bölgan va restavratsiya qilinmagan bölsa-da holati ança yaxşi saqlangan. Uning içidagi ustunlar, mozaikalar, naqşlar temuriylar davri memorçiligini aks ettirib turadi. Masjid hozirda ham faoliyat olib boradi.

Qişloqda bizni hayratlantirgan holat darveşona oş tayyorlanişi böldi. Bu udum har yili bahor kelişidan avval bölib ötar ekan. Bu marosimda mahalla ahli yiğilib, tegirmondan yorma holatda çiqarilgan buğdoydan taom tayyorlar va uni birgalikda, bir dasturxon ustida baham körişar ekan.

Bu an’ana qöni-qöşnilar örtasida mehr-oqibat, hamjihatlikni mustahkamlab turiş uçun ham katta ahamiyat kasb etadi. 7 yoşdan 70 yoşgaça hamma qatnaşişi ham marosimning eng ahamiyatli qismi ekan. Marosimga kelib bamisoli özimni bolalikka qaytib qolgandek his qildim. Buni körsatuvni körib tuşunişingiz mumkin.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus