Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 21 fevral, seşanba kuni Federal Majlis oldidagi nutqida u Rossiyaning Strategik hujum qurollari böyiça şartnomadagi (ŞQ) iştirokini töxtatganini e’lon qildi, şuningdek, Ğarbni uruş boşlaşda aybladi. Bu Ukrainada, Ğarbda katta rezonansga sabab böldi.
Masalan, AQŞ prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan Rossiya prezidentining Ğarbga qarşi ayblovlarini «absurd» deb atadi. «Heç kim Rossiyaga hujum qilmadi. Rossiya Ukraina yoki boşqa birov tomonidan qandaydir harbiy tahdid ostida, degan fikr absurddir», - deya uning sözlarini keltiradi The Financial Times.
«Agar Rossiya Ukrainadagi janglarni töxtatib, vataniga qaytsa, uruş tugaydi. Agar Ukraina uruşni töxtatsa hamda AQŞ va koalitsiya (Ukrainaning ğarbiy ittifoqçilari) unga jang qilişda yordam berişni töxtatsa, Ukraina jahon xaritasidan yöqoladi. Bu sizga hamma narsani, uruş uçun kim mas’ul ekanligi haqida bilişingiz kerak bölgan narsalarni körsatib beradi, deb öylayman», dedi Sallivan.
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaning ŞQ şartnomasidagi iştirokini bir tomonlama töxtatib qöyiş niyatidan afsus bildirdi va Rossiya prezidentini «öz qarorini qayta körib çiqişga va amaldagi şartnomalarga rioya qilişga» çaqirdi.
AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken ham Rossiyaning ŞQ-3 şartnomasida iştirokini töxtatiş qarorini tanqid qildi. Uning sözlariga köra, bu «eng yuqori afsusga loyiq va mas’uliyatsizlikdir». «Biz Rossiya aslida nima qilayotganini diqqat bilan kuzatib boramiz», deb va’da berdi u Afinaga taşrifi çoğida.
Şu bilan birga, Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak Reuters agentligiga bergan izohida Putin «reallik bilan aloqani butunlay yöqotdi» degan fikrni bildirdi. «U mutlaqo boşqa voqelikda yaşayapti, u yerda adolat va xalqaro huquq böyiça muloqot ötkaziş imkoniyati yöq», — dedi Podolyak.


















