Zelenskiyning sözlariga köra, Donetsk va Luhansk viloyatlari haqidagi xabarlar alohida e’tiborni tortgan.
«Biz u yerda duşman hujumlarini töxtatiş uçun hamma narsani qilyapmiz – doimiy şiddatli hujumlar, Rossiya u yerda katta yöqotişlarga duçor bölsa-da, ularni töxtatmayapti», — dedi u.
U ayniqsa, Baxmut va Liman yönalişidagi janglarni şafqatsiz va prinsipial deb atadi. «Barça bosimlarga qaramay, front çiziği özgarmaganligi juda muhim», dedi Zelenskiy.
Ukraina Qurolli kuçlari Baxmutni kerak bölguniga qadar himoya qiladi, degandi Volodimir Zelenskiy Italiyaning Corriere della Ser gazetasiga bergan intervyusida.
«Biz uçun uni himoya qiliş muhim, lekin bu kerak bölguniga qadar amalga oşiriladi», dedi u. Baxmut qarşilik körsatayotgan bir paytda, Ukraina «navbatdagi qarşi hujumga» tayyorlanmoqda, deya tuşuntirdi davlat rahbari.
Zelenskiy, şuningdek, Kreml mojaroni çöziş böyiça rejalariga qaramay, Ukraina qisqa uruşga va unda ğalaba qozonişga tayyorlanayotganini ta’kidladi.


















