Turkiyada 6 fevral kuni Suriya çegarasida sodir bölgan kuçli zilzilalar qurbonlari soni 43 556 nafarga yetdi. Turkiya içki işlar vaziri Sulaymon Soylu 22 fevral, çorşanba kuni şunday ma’lumot berdi.

Şu bilan birga, qöşni Suriyada halok bölganlar soni 6 747 kişiga yetdi, deya ma’lum qildi öşa kuni Suriya Inson huquqlari böyiça markazi (SOHR). Şunday qilib, hukumat nazorati ostidagi hududlarda 2 226 kişi, isyonçilar nazorati ostidagi Suriyaning şimoli-ğarbiy hududlarida esa 4 521 kişi halok böldi.

6 fevral kuni Turkiya-Suriya çegarasida sodir bölgan 7,8 magnitudali zilzila natijasida ön minglab odamlar jarohat olib, şifoxonalarda qolmoqda. Qişda köp fuqarolar boşpanasiz qolib, insonparvarlik yordamiga qaram bölib qolgan.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, tabiiy ofatdan 23 milliongaça kişi jabr körgan. Tabiiy ofat böyiça ekspertlar zilziladan körilgan iqtisodiy zararni 20 milliard dollardan (18,8 milliard yevro) ortiq deb hisoblayapti.