Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 fevral kuni ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida mamlakatimizda bölib turgan Pokiston Islom Respublikasi moliya vaziri, komissiyaning Pokiston qismi raisi Işoq Dorni qabul qildi. 

Uçraşuvda özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş, eng avvalo, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi loyihalarni amalga oşirişning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Tranzit va preferensial savdo töğrisida imzolangan muhim bitimlarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi. 

Bundan taşqari, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş muhimligi qayd etildi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev ikki tomonlama avtomobil qatnovlarini rivojlantiriş hamda Markaziy va Janubiy Osiyoni Afğoniston orqali boğlaydigan va Pokiston portlariga olib çiqadigan temiryöl qurilişi loyihasini jadallaştiriş zarurligiga alohida töxtaldi. 

Eslatib ötamiz, 2021 yil fevral oyida Özbekiston, Afğoniston va Pokiston «Termiz — Mozori Şarif — Kobul — Peşovar» temiryöl qurilişi böyiça yöl xaritasini imzolagan, hisob-kitoblariga köra, uning dastlabki qiymati taxminan 5 mlrd dollarga baholangan edi. Keyinçalik, Pokiston Senatining temiryöl infratuzilmasi qömitasi yiğilişida bu qiymat 8,2 mlrd dollarga tengligi aytildi. 

20 mln tonnagaça yuk taşiş imkoniyatini beruvçi yangi transport yölagi Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Özbekiston, Afğoniston, Pokiston, Hindiston va undan keyingi Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlarini boğlaşi kerak. Loyiha 2027 yilgaça amalga oşirilişi rejalaştirilgan.