“Millar” körsatuvining ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan videosiga köra, 11 fevral kuni Toşkent viloyatining Toşkent tumani Keles-Sariagaş temiryölida 80 yoş atrofidagi erkak uyiga boriş uçun piyodalar yölagidan foydalanmasdan, töxtab turgan yuk poyezdining ostidan ötmoqçi bölgan. Şu vaqtda poyezd harakatlanib, fuqaroning öng oyoğini bosib ketgan.
Mas’ul xodimning körsatuvga bergan intervyusiga köra, öng oyoğidan ayrilgan şaxs şifoxonaga yotqizilgan, hozirda uning ahvoli yaxşi.
“Tergovga qadar tekşiriş jarayonlari natijasida bu fuqaro muntazam ravişda spirtli içimliklar iste’mol qilib yurişi aniqlangan”, – deydi u.
Şuningdek, 16 fevralda Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi Salar-Çuqursoy temiryöl bekatlari oraliğida 60 yoşli erkakni poyezd urib yuborgani ham ma’lum qilindi. Buning oqibatida fuqaro boş qismidan jiddiy jarohatlangan. Qayd etilişiça, örganiş davomida bu fuqaroning ham spirtli içimliklar iste’mol qilişi aniqlangan.
Mutasaddilarning aytişiça, mana şunday holatlarning oldini oliş maqsadida temiryöl atrofiga maxsus temir panjara yoki beton devor bilan öraş işlari olib borilmoqda.

















