Bolgariya poytaxti Sofiya şahrida boks böyiça Strandja-2023 xalqaro turniri ötkazilmoqda.
«Kiçik mundial» deb ataladigan turnirning çorakfinalida Qozoğiston milliy jamoasi yetakçisi Qamşibek Qönqabayev +92 kg vazn toifasida özbekistonlik asosiy raqibi Bahodir Jalolovga qarşi jang qilişi kerak edi. Biroq, qölidan olgan jarohati tufayli ringga çiqmadi.
«Qamşibek Qönqabayev qölidan olgan jarohati tufayli ringga çiqa olmadi. Bundan taşqari, murabbiylar ştabi fikriga köra, oğir vaznli sportçida maşğulotlar jarayoniga töliq kirişiş uçun juda kam vaqt bölgan. Qamşibek tuzalib, birinçi navbatda salomatligi haqida qayğurişi kerak. Uni oldinda Toşkentdagi jahon çempionati va Hançjoudagi Osiyo öyinlari kutmoqda», deyiladi xabarda.
Şu tariqa, Bahodir Jalolov jangsiz turnir yarimfinaliga yöl oldi. Uning raqibi keyinroq ma’lum böladi.

















