Energetika vazirligi huzuridagi «Özenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand şahri, Söğdiyona mavzesida faoliyat yuritayotgan D.S.A korxonasi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Xususan, uşbu tadbirkorlik sub’yektiga tegişli mehmonxonada yaşirinça örnatilgan uskuna orqali elektr hisoblaş tizimiga taşqi ta’sir körsatilgan. Oqibatda 16,9 mln kV⋅soat elektr energiyasi öğirlangan. Korxonaga nisbatan 7,6 mlrd söm miqdorida qayta hisob-kitob işlari amalga oşirilgan.
Uşbu hajmdagi elektr energiyasi 85 mingta xonadonning bir oylik örtaça iste’molini taşkil qiladi.
Qoidabuzar iste’molçiga nisbatan belgilangan tartibda çora körilib, tegişli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan.

















