Sudlanuvçining advokati birinçi instansiya sudi hukmidan norozi bölib, apellyatsiya şikoyati kiritgan. 23 fevral kuni Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati uşbu apellyatsiya şikoyatini körib çiqişni boşladi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, sud hay’ati tomonidan OAV xodimlariga mobil qurilmalari bilan sud majlisida qatnaşişga ruxsat berilmadi.

Oçiq sud majlisida dastlab söz sudlanuvçining himoyaçilariga berildi va ular suddan oqlov söradi.

“Rahmonqulov tergov hibsxonasida saqlangan paytda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari bir neça marta oldiga kirib: “Boşqa jinoyatni ham böyningga olsang, işingni yengillaştirib beramiz”, degan. Biz uni birinçi sudda bayon qildik. Va birinçi sud özining taşabbusi bilan buni oydinlaştiramiz, dedi. Lekin bu narsa oydinlaştirilmadi. Öşa tergov hibsxonalariga sud tomonidan sörov çiqarilib, haqiqatdan qaysi organ vakillari kirgani aniqlaştirilişi kerak.

Rahmonqulovning buvisi bilan suhbatlaşdik, ularning uyiga terrorizm guruhining (Terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi – tahr.) yigitlari kelgan. Lekin Rahmonqulovning biror-bir harakatida terrorçilikka olib boruvçi narsa yöq. Şuningdek, birinçi sudda maktab, mahalla vakillari, imomlar tomonidan fikrlar bildirildi. Biroq sudda ularning birortasi e’tiborga olinmadi”, – deya ta’kidladi Sardor Rahmonqulovning himoyaçisi.

Şundan söng sudda 2 martga qadar tanaffus e’lon qilindi.

Eslatib ötamiz, 2023 yil 30 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Olmazor tuman sudi 21 yoşli Sardor Rahmonqulovni diniy naşidani öz sinfdoşiga yuborgani uçun 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgandi.

Birinçi instansiya sudining hukmida yozilişiça, Sardor Rahmonqulov özining mobil telefonidagi Telegram ilovasida bot orqali yuklab olgan diniy naşidani 2020 yil noyabr oyida sinfdoşiga yuborgan. 2022 yil 5 iyun kuni uning uyida tintuv ötkazgan IIB xodimlari rasmiylaştirib olgan mobil qurilmada uşbu naşida topilgan.