Bu yerda 4 mingdan ziyod aholi yaşaydi. Hudud obodonlaştirilib, tadbirkorlik rivojlanmoqda. Töqimaçilik korxonasi, dorixona, minibank, oziq-ovqat dökonlari va xizmat körsatiş ustaxonalari aholi xizmatida. 

Mahallada Kasanaçilik markazi taşkil etilmoqda. Prezident unda yaratilayotgan şaroitlarni közdan keçirdi. Bu yerda tikuvçilik, çarmdözlik, gilamçilik mahsulotlari tayyorlanişi bilan birga kasanaçilarga iş ham örgatiladi. Hokim yordamçisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan işsiz fuqarolar aniqlanib, qiziqiş va xohişlariga köra yönalişlar böyiça ustalarga biriktiriladi. Buyurtmalarni tayyorlaşni töliq özlaştirgan kasanaçilarga uyida işlaşi uçun kerakli dastgoh hamda xomaşyo beriladi. Buyurtmaçi va kasanaçi örtasida tuzilgan şartnomalar hokim yordamçisi tomonidan “Yagona mehnat milliy tizimi”ga kiritiladi.

Davlat rahbari bu yerdagi hunarmandlarni xomaşyo bilan ta’minlaş, aholi ziç mahallalardagi kollejlarning ma’lum xonalarini kasanaçilarga ajratiş böyiça topşiriqlar berdi.

- Özi hunar örganişning eng katta zamini - mahalla. Bu an’anamizdan foydalanib, kasanaçilik asosida, ustoz-şogirdlik asosida yoşlarni hunarli qiliş mumkin. Bu ularga, ayniqsa, xotin-qizlarga ham ma’naviy, ham moddiy kuç böladi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Markaz Yangi Batoşdan taşqari unga tutaş Batoş, Xoniyon, Taraqqiyot, Daşt, Jumabozor kabi mahallalarga ham xizmat qiladi. U töliq işga tuşsa, qariyb 24 ming nafar aholi bandligida muhim omil böladi.