23 fevral kuni BMT Boş Assambleyasi Ukrainada imkon qadar tezroq «töliq, adolatli va mustahkam» tinçlikka erişiş zarurligi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti veb-saytining xabar berişiça, rezolyutsiyani 141 davlat yoqlagan, 32 davlat betaraf qolgan va 7 davlat - Belarus, Şimoliy Koreya, Eritreya, Mali, Nikaragua, Rossiya va Suriya qarşi ovoz bergan. Belarus tomonidan taklif qilingan tuzatişlar rad etildi.

Rezolyutsiya böyiça ovoz berişda betaraf qolgan davlatlar orasida Armaniston, Xitoy, Hindiston, Eron, Qozoğiston, Qirğiziston, Möğuliston, Pokiston, Tojikiston va Özbekiston bor.

Qayd etilişiça, Boş Assambleya Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan çegaralari, jumladan, hududiy suvlari doirasidagi suvereniteti, mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Boş Assambleya a’zolari «Rossiya Federatsiyasidan özining xalqaro tan olingan çegaralari doirasida Ukraina hududidan barça qurolli kuçlarini zudlik bilan, töliq va sözsiz olib çiqib ketişni» talab qildi va harbiy harakatlarni töxtatişga çaqirdi.

Boş Assambleya delegatlari «Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi tajovuzkorligi natijasida vujudga kelgan inson huquqlari va gumanitar vaziyat bilan boğliq oğir vaziyatdan afsusda ekanligini» bildirdilar.

Hujjat tomonlarni tinç aholi va fuqarolik obektlarini himoya qiliş böyiça öz majburiyatlarini hurmat qilişga va yordamga muhtoj bölganlarga insonparvarlik yordamining tösiqsiz kirişini ta’minlaşga, şuningdek, Ukrainaning muhim infratuzilmasiga, jumladan, uylar, maktablar va şifoxonalarga hujumlarni zudlik bilan töxtatişga çaqiradi.

Qarorda, şuningdek, «Ukraina hududida sodir etilgan eng oğir jinoyatlar milliy yoki xalqaro darajada töğri, adolatli va mustaqil tergov va ta’qiblar orqali xalqaro huquq doirasida javobgarlikka tortilişini ta’minlaş zarurligi» ta’kidlangan.