«Portugaliya va şved hamkorlarimiz bilan birgalikda biz Ukraina tank batalonini töliq jihozlaş imkoniyatiga egamiz», — deb yozdi Germaniya Mudofaa vazirligi Twitter'da. Ukraina batalon, qoida tariqasida, 31 ta tankka ega böladi.

Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok ittifoqçilarni Germaniyaga ergaşişga va Ukrainani Leopard asosiy jangovar tanklari bilan ta’minlaşga çaqirdi. 

«Biz Ukraina özini himoya qilişi va insonlar hayotini saqlab qolişi uçun birgalikda harakat qilişimiz kerak, şuning uçun yetkazib beriladigan modelga öxşaşi bor boşqa hamkor davlatlarni bunday tanklar bilan ta’minlaşga qat’iy çaqiramiz», dedi Berbok 17 fevral kuni Germaniyaning Bayerischer Rundfunk ommaviy media kompaniyasiga bergan intervyusida.

Germaniya taşqi işlar vazirining sözlariga köra, ayrim davlatlar allaqaçon Ukrainaga Leopard tanklarini yetkazib berişni va’da qilgan. «Ammo bizga bunda iştirok etadigan boşqa davlatlar ham kerak, bu haqiqatan ham insonlar hayotini saqlab qolişi mumkin», dedi Berbok.

Germaniya kansleri Olaf Şols ikkilanişlardan söng 25 yanvar kuni öz mamlakatining Ukrainaga Bundesver zaxiralaridan 14 ta Leopard 2 A6 tankini yuboriş niyatini rasman tasdiqladi. Berlin, şuningdek, boşqa davlatlarga tanklarni Ukraina Qurolli kuçlariga reeksport qilişga ruxsat berdi.

Şolsning sözlariga köra, vazifa Ukraina uçun zudlik bilan ikkita tank batalonini yiğişdir, bu nemis harbiy talqiniga köra, 90 ga yaqin jangovar texnikani, Ukrainada esa - 60 tani taşkil etadi. Keyinçalik Germaniya hukumati «batalon» tanklarni yetkazib beradigan mamlakat mezonlaridan kelib çiqib hisoblanişiga aniqlik kiritdi.