Gruziya parlamentiga taqdim etilgan «çet el ta’sirining şaffofligi töğrisida»gi qonun loyihasi Gruziya siyosiy rahbarlarining Yevropa Ittifoqiga qöşiliş va demokratiya qadriyatlarini qöllab-quvvatlaş yölini davom ettirayotgani böyiça «jiddiy xavotirlarni» keltirib çiqarmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning rasmiy vakili Nabila Massrali ma’lum qildi. Tegişli bayonot 24 fevral, juma kuni Yevropa taşqi aloqalar xizmati saytida e’lon qilindi. 

«Fuqarolar birlaşmalari va ommaviy axborot vositalari erkinligi uçun qulay muhit yaratiş va qöllab-quvvatlaş demokratiyaning özagidir» va mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişida muhim bölgan 12 ta ustuvor yönaliş röyxati bir qismidir, deyiladi bayonotda. Qonun loyihasining qabul qilinişi esa «bu intilişlarga, şuningdek, Yevropa Ittifoqi normalari va qadriyatlariga zid böladi». 

«Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun loyihasi Gruziya parlamentiga «Xalq kuçi» jamoat harakati tomonidan taqdim etilgan. U mamlakatda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan köp ötmay paydo böldi va maqsadlaridan biri sifatida «liberal mafkura tarğiboti» va «Ğarbning Gruziyani uruşga tortiş istagi»ga qarşi kuraşni belgiladi. 

Hujjatga köra, moliyalaştirişning 20 foizini xorijiy davlatdan oladigan NNT va ommaviy axborot vositalarini «xorijiy agentlar» reyestriga kiritiş taklif etilmoqda. Uşbu qoida reklama şartnomalariga taalluqli emas. «Xorijiy agentlar» reyestrida röyxatdan ötişdan boş tortganlar 25 ming lari (8800 yevro) miqdorida jarimaga tortilişi mumkin. «Xorijiy agentlar» röyxatiga kiritilgan yuridik yoki jismoniy şaxs yillik deklaratsiyalarni taqdim etişi şart. Şuningdek, uşbu reyestrga kiritilgan şaxsga davlat xizmatçilaridan har qanday ma’lumot oliş taqiqlanadi. 

«Xalq kuçi» harakatiga hukmron «Gruziya orzusi» partiyasining sobiq a’zolari tomonidan asos solingan, partiya - xuddi harakatning özi kabi - muxolifat tomonidan bir neça bor rossiyaparastlikda ayblangan. «Xorijiy agentlar» böyiça taşabbus muallifligi ham hukmron partiyaga tegişli – u parlamentda qonun loyihasini qöllab-quvvatladi va «Xalq kuçi» bilan birgalikda bu organda mutlaq köpçilikni taşkil etadi. 

DW bilan suhbatlaşgan ekspertlarning fikriça, qonun loyihasining maqsadi mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilining hibsda saqlanişi munosabati bilan YeI tomonidan tanqidga qarşi turiş va Gruziya Yevropani rad etişi ğoyasi bilan Ğarbni şantaj qilişga uriniş bölişi mumkin.