Ukrainadagi uruşning bir yilida 15 136 rus askarining ölimi haqida işonçli dalillar paydo böldi. Bunday ma’lumotlar 24 fevral, juma kuni «Mediazona» naşri, Britaniyaning BBC media kompaniyasi va köngillilar jamoasi tomonidan birgalikda hisoblangan oçiq manbalarga asoslanib keltirildi.
Bu raqam Sovet qöşinlarining Afğonistonda töqqiz yil davomida rasman tan olingan yöqotişlaridan (15 051 kişi) oşib ketdi, deydi jurnalistlar.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tomonidan yollangan mahbuslar orasida katta yöqotişlar haqida ma’lumotlar kelişda davom etmoqda. Ketma-ket ikkinçi hisobotda bu körsatkiçlar deyarli ikki baravar köpaydi: ikki hafta oldingi 790 dan 1310 gaça. Ösiş nafaqat janglar, balki statistik ma’lumotlar tuzuvçilar tomonidan amalga oşirilgan qöşimça tekşiriş bilan ham boğliq.
Safarbar etilgan kamida 1214 kişining ölimi tasdiqlandi. Askarlarning ölimi haqidagi xabarlarning aksariyati Sverdlovsk va Çelyabinsk viloyatlari, Boşqirdiston, Buryatiya va Doğistonga kelyapti. Jurnalistlar halok bölganlar röyxatini qarindoşlarining qaydlari, mintaqaviy OAV xabarlari va mahalliy hokimiyat xabarlari asosida tuzadi, biroq real raqamlar bundan ham köproq bölişi mumkin.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, 17 fevral holatiga köra, Rossiya Mudofaa vazirligi va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) kuçlari, ehtimol, 175-200 ming jangçini yöqotgan bölişi mumkin, şu jumladan 40-60 ming harbiy halok bölgan. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, Rossiyada «qisman safarbarlik» ötkazilgan 2022 yil sentabridan buyon ularning darajasi sezilarli oşgan.
Zamonaviy standartlarga köra, halok bölganlar va yaradorlar nisbati yuqori, deb ta’kidladi Britaniya razvedkasi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bu şaxsiy tarkibning katta qismiga körsatilişi kerak bölgan tibbiy yordamning öta qoniqarsizligi bilan boğliq.
Norvegiya Qurolli Kuçlari boş qömondoni general Eyrik Kristoffersen 22 yanvar kuni Norvegiyaning TV 2 telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi uruşda qariyb 180 ming rossiyalik askarlar halok bölgani yoki yaralanganini aytdi.
Kristoffersenning aytişiça, Ukrainaning yöqotişlari 100 000 ölgan va yaralanganlar sonidan oşadi. Bundan taşqari, Ukrainada uruş natijasida 30 mingga yaqin tinç aholi halok böldi, dedi u.


















