Norvegiyadan boşpana söragan sobiq «Vagner» XHK qömondoni Andrey Medvedev Oslo markazidagi bar yaqinida muştlaşuv va qölga oliş vaqtida politsiya xodimlariga nisbatan zöravonlik uçun hibsga olindi. Bu haqda 24 fevral, juma kuni sud qaroriga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.

Hujjatlarga köra, 21 fevraldan 22 fevralga ötar keçasi Medvedev mast holda hibsga oliş vaqtida qarşilik körsatgan va politsiya bölimida politsiyaçilarga hujum qilgan.

«2023 yil 22 fevral, çorşanba kuni ertalab soat 05:00 lar atrofida bir neça politsiya xodimlari va boşqa huquq-tartibot idoralari vakillari uni markaziy tergov izolyatori hovlisida politsiya maşinasidan olib ketayotganda, u qarşilik körsatib, bir yoki bir neça xodimni tepgan», - deya hibsga oliş orderidan iqtibos keltiradi «Novaya gazeta Yevropa». Bundan biroz oldin Medvedev Oslodagi barlardan birining yonida ismi oşkor etilmagan erkak bilan muştlaşgan, deya aniqlik kiritadi naşr.

Sud 25 aprelga belgilangan. Prokuror Medvedevni uçta jinoiy modda bilan aybladi. Uning advokati mahalliy TV 2 telekanaliga bergan intervyusida mijozi spirtli içimlik iste’mol qilganidan keyin «tuşunmovçilik bölgani», Medvedev esa tilni bilmagani uçun politsiya voqea joyiga kelganida nima bölganini tuşunmaganini aytdi.

Medvedev 13 yanvarga ötar keçasi Rossiyadan Norvegiyaga qoçib ötgan. Skandinaviya davlatida u siyosiy boşpana söradi va «Vagner»XHK egasi Yevgeniy Prigojinga va taşkilotning öziga qarşi guvohlik beryapti.