Kun tartibi doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, transport va logistika sohasidagi hamkorlik va turizm yönalişidagi özaro munosabatlarning keng kölamli masalalari körib çiqildi.

Farmatsevtika, yengil sanoat, quriliş materiallari işlab çiqariş sohalarining har birida investitsiya loyihalarini amalga oşirişni qöllab-quvvatlaş va yuzaga kelayotgan masalalarni hal etiş uçun kiçik guruhlar tuziladi. Şuningdek, qişloq xöjaligi, fan, texnologiya va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş uçun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Muzokaralarda özaro savdoga alohida e’tibor qaratildi. Uning hajmi 2022 yilda 32 foizga oşib, 239,5 million dollarni taşkil qildi. Tovar ayirboşlaş hajmini 1 milliard dollarga yetkaziş böyiça aniq çora-tadbirlar tasdiqlandi. Ikkala mamlakat hududlarida Made in Uzbekistan va Made in Pakistan sanoat mahsulotlari körgazmalarini ötkaziş, qöşma çora-tadbirlar rejasini tasdiqlaş, treyderlarni qöllab-quvvatlaş va özaro savdo hajmini oşiriş böyiça amaliy yeçimlar vositalarini joriy etişga kelişib olindi.

Muhokamalar tadbir davomida erişilgan asosiy kelişuvlarni aks ettiruvçi yiğilişning yakuniy bayonnomasini imzolaş bilan yakunlandi.