Polşa va’da qilingan 14 ta tankdan dastlabki Leopard 2 tanklarini yetkazib berdi. Bu haqda 24 fevral, juma kuni Milliy xavfsizlik kengaşining oçilişida Polşa boş vaziri örinbosari, milliy mudofaa vaziri Mariuş Blaşçak ma’lum qildi.
Boş vazir Mateuş Moravetskiy «bu yerda qatnaşa olmayapti», dedi prezident Anjyey Duda. U, öz navbatida, vazirlar mahkamasi rahbari Kiyevga zirhli texnikalar yetib borganini rasman e’lon qilişini qöşimça qildi.
Gap «Ukrainaga yetkazilgan birinçi partiya» haqida ketmoqda, dedi Duda. U qança tankni öz içiga olganligini aniqlaştirmadi.
Blaşçakning sözlariga köra, ukrainalik harbiylar Polşa ğarbidagi Sventoşuv şahrida polşalik, kanadalik va norvegiyalik instruktorlar tomonidan öqitiladi.
Ayni vaqtda, Polşa boş vaziri Moravetskiy oldindan e’lon qilinmagan taşrif bilan Kiyevga yetib keldi, deb xabar qildi vazirlar mahkamasi rahbari kanselyariyasi.
Moravetskiy Ukraina poytaxti markazidagi «Ukraina birligi uçun halok bölganlar xotirasi devori»ga gulçambar qöydi. Polşa hukumati rahbari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Ukraina boş vaziri Denis Şmihal bilan uçraşdi.
«Rossiya jangovar harakatlar boşlaganidan bir yil ötib, Boş vazir Moravetskiy Kiyevga kelib, Ukrainani Rossiyadan himoya qilişni davom ettirişni qöllab-quvvatlaş haqida aniq signal berdi», dedi Polşa hukumati matbuot kotibi Petr Myuller.


















