Rossiyaning köplab şaharlarida 24 fevral, juma kuni Ukrainaga Rossiya bosqini bir yilligi munosabati bilan uruşga qarşi yodgorliklar paydo böldi; politsiya uruşga qarşi çiqqan odamlarni hibsga oldi.
Moskvada aholi Lesya Ukrainka haykali poyiga gul qöydi. OAV ma’lumotlariga köra, politsiya avvaliga buni kuzatgan va aralaşmagan, biroq keyin hibsga olişlar boşlangan. Kun yarmiga borib gullar yodgorlikdan olib taşlandi.
Sankt-Peterburgda Taras Şevçenko haykali poyiga gul qöyiş çoğida kamida olti kişi qölga olindi, deb xabar beradi «OVD-Info». Yekaterinburgda politsiya «Ğam maskasi» yodgorligida sakkiz kişini hibsga oldi, ular orasida kamida ikki nafar voyaga yetmagan bola bor, deb yozadi huquq faollari.
Leningrad viloyatining Russko-Visotskoye qişloğida mahalliy tadbirkor va faol Dmitriy Skurixin «Ukraina, keçir» plakati bilan yakkaxon piketga çiqdi. Skurixin bir neça yillardan beri öz dökoniga Rossiya hukumatini qoralovçi şiorlarni joylab keladi. Uruş boşlanganidan keyin u dökonda «Ukrainaga tinçlik, Rossiyaga erkinlik» deb yozdi. May oyida u «armiyani obrösizlantiriş» moddasi böyiça 45 ming rubl jarimaga tortilgan. Keyinroq unga nisbatan qayta «obrösizlantiriş» moddasi bilan jinoiy iş oçilgan.
Barnaul markazida kamida beş kişi hibsga olindi, deb yozadi «Avtozak live». Ulardan tört nafari Sovetlar maydonida uçta plakat qöyib, ustiga gul örnatişgan. «Nol kilometr» yodgorligida «Jim ötirişni bas qiling» plakati qöyilgan yana bir kişi uşlangan.
Qozonda Lenin boğidagi siyosiy qatağon qurbonlari yodgorligida ham vaqtinçalik memorial paydo böldi. Bu yerda Buça, Mariupol, Dniprodan olingan fotosuratlar va «Putin uruşiga yöq» plakati örnatildi. Yekaterinburgda politsiya ertalabdan siyosiy qatağon qurbonlari xotirasiga örnatilgan «Ğam maskalari» yodgorligida navbatçilik qilib, «Yoşlar olmasi» aksiyasini kutdi. Yetti nafar faol qölga olingan, deb yozadi Sota.
Irkutskda «Men Ukrainadan qöşinlarni olib çiqişni talab qilaman» plakati bilan köçaga çiqqan ayol uşlandi. Tomskda aholi Kaştakdagi Poklonniy xoçiga kök-sariq lenta va «Dnipro 14.01.2023 Ukraina 24.02.2022 dan beri» yozuvi tuşirilgan belgi bilan boğlangan gullar qöydi, deb xabar bermoqda TB2. Bu kanalga köra, politsiya şahardagi norozilik namoyişlari ötkazilişi mumkin bölgan joylarda navbatçilik qilmoqda.
Bir kişilik aksiyalar Nijniy Novgorod viloyatining Viksa, Yaroslavl, Korolev, Xabarovsk, Vladivostok va boşqa şaharlarda ötkazildi. Aksariyat hollarda yakka piketga çiqqanlar politsiya tomonidan qölga olingan. Butun Rossiya böylab 20 dan ortiq kişi uşlangani haqida ma’lumot berilgan.


















