Ular 2022 yil 18 oktabr kuni Rostov viloyati xavfsizlik xizmati boşqarmasi va IIV Boş boşqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tekşiruv tadbiri natijasida noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oşirişgani tufayli Rostov viloyatidagi “Don” va “Novoçerkassk” xorijiy fuqarolarni vaqtinçalik saqlaş markazlariga joylaştirilgan.

Uşbu holat yuzasidan Boş konsullikning Rossiya tomoni bilan olib borgan qator muzokaralari natijasida fuqarolarni Özbekistonga çiqarib yuborişga erişildi.

47 nafar mamlakat fuqarosiga aviaçiptalar Özbekiston Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi hisobidan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi kömagida xarid qilindi.