Bugun, 25 fevral kuni soat 11:00larda Samarqand şahrida joylaşgan “Kamalak” MÇJga qaraşli AGTKS (avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stansiyasi)da Nexia-3 maşinasiga gaz quyilayotganda unga örnatilgan gazballoni portlab ketdi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Oqibatda «metan zapravka» işçisi jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Hodisa yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 2023 yil 24 fevral kuni Qarşi şahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyiş şoxobçasida gaz olayotgan Nexia-3 portlab ketgandi.

















