Özbekiston Senatining Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi Moskva şahrida 22 fevral kuni özbekistonlik migrantlar iştirokida ommaviy norozilik ötkazilgani yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, holat komissiya tomonidan nazoratga olingan va bu borada xorijdagi özbekistonliklarga amaliy yordam körsatilmoqda. Har bir ma’lumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan örganib çiqiladi va tegişli zarur çoralar körilişi yölga qöyilgan.

2022 yilda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda elçixonalar va konsullik idoralari tomonidan xorijiy iş beruvçilardan fuqarolarning 1 199,7 ming AQŞ dollari miqdorida iş haqi va kompensatsiyalari undirib berilişida amaliy yordam körsatilgani ta’kidlab ötilgan.

Bundan oldinroq «Nastoyaşçeye vremya» Rossiya poytaxti Moskva şahrida özbekistonlik va tojikistonlik mehnat migrantlari ommaviy norozilik mitingi ötkazgani haqida xabar bergandi. Ma’lum bölişiça, Moskva şahridagi Crocus Group kompaniyasiga tegişli quriliş obektida işlagan mehnat migrantlariga 4 oydan beri maoş berilmagan. Namoyişçilarni tarqatiş uçun qöriqçilar travmatik qurollardan havoga öq uzgan.

Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi ham mojaro yuzasidan ma’lumot bergandi.

«Iş haqining öz vaqtida tölanmagani sababli uyuştirilgan norozilik harakati oqibatida iş beruvçilar va migrantlar örtasida jismoniy kuç işlatilgan. Şundan söng korxona rahbariyati fuqarolar bilan uçraşib, ularning işlagan barça maoşlarini tölaşga va’da bergan. Uşbu holatda jarohat olganlar va hibsga olinganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöq», deyilgandi xabarda.