Toşkent şahrida sönggi 5 yilda bola öğirlaş bilan boğliq holat qayd etilmagan. Internetda bola öğirlanişi holatlari haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz. Bu haqda Toşkent şahri Içki işlar boş boşqarmasi axborot multimedia markazi boşliği Nilufar Isaxonova ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, 2023 yilda poytaxtda bola öğirlangani haqida 6 ta xabar tarqalgan. Ammo ular öz tasdiğini topmagan.
Ta’kidlanişiça, Toşkent şahri hududida sönggi 5 yil davomida bola öğirlanişi bilan boğliq birorta holat qayd etilmagan va jinoyat işi qözğatilmagan.
«Voyaga yetmaganlar orasida bedarak yöqolgan holatlar böldi, lekin ular topildi va soğ-salomat holda oilasiga qaytarildi. Bunday holatlarning asosiy sababi — oiladagi nizo va kelişmovçilik. Şu sababli bolalar uyidan çiqib ketgan. Kiçik yoşdagi bolalar adaşib qolgani tufayli bedarak yöqolgan deb röyxatga olingan», dedi Isaxonova.
2022 yil davomida 231 nafar voyaga yetmagan bola bedarak yöqolgan sifatida röyxatga olingan. Ulardan 10 yoşgaça bölgan bolalar 32 nafar, 10 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalar 32 nafar, 14 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar 167 nafar.

















