Prezident “Nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan nogironligi bölgan şaxslarga bir qator yengilliklar berilmoqda.
Hujjat bilan nogironligi bölgan muhtoj şaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlaş hamda nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş muassasalari uskunalarini modernizatsiya qiliş, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar, nogironligi bölgan bolalar hamda ularga ğamxörlik qiluvçi fuqarolarga davlat idoralari va taşkilotlari tomonidan körsatiladigan davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalaniş böyiça imtiyozlar beriş, nogironligi bölgan şaxslarning huquqiy kafolatlarini mustahkamlaş va ularga yuridik yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş közda tutilmoqda.
Qayd etilişiça, 2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasida aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlaş darajasini 60 foizga yetkaziş belgilangan. Mazkur körsatkiçga erişiş doirasida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan 2023 yilda muhtoj şaxslarni xorijiy texnologiyalar asosida tayyorlangan sifatli zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari, şu jumladan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan nogironligi bölgan şaxslar hamda I guruh nogironligi bölgan şaxslarni son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul ta’minlaydi.
Qaror bilan 2023 yil 1 sentabrdan boşlab nogironligi bölgan şaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari bilan ta’minlaşda nogironligi bölgan şaxslardan tibbiy xulosa talab qiliş bekor qilinmoqda.
Bunda:
- fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan ötkaziş
- va nogironlikni belgilaş bilan bir vaqtda tegişli protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya qilişning texnik vositalarini oliş uçun tibbiy xulosa tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritiladi;

















