2022 yil 10 dekabrdan Ai-80 avtobenzini uçun aksiz soliği nol stavkada qöllanişi va birjada “spred”, ya’ni narxlarning ösiş darajasi çeklanişi belgilangan edi.
Natijada AYoQŞlarda Ai-80 rusumli avtobenzinning narxi bir litri uçun örtaça 6800–7500 sömdan 5700–6000 sömgaça, ya’ni örtaça 1100 sömga arzonlaşgandi.
Bu tartib qişda avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari uzoq vaqt yopiq bölgani munosabati bilan joriy qilingandi.
Aksiz soliği böyiça imtiyozli davr 1 martgaça deb belgilangan. Demak, bahorning ilk kunidan e’tiboran Ai-80 narxi qimmatlaydimi? “Özbekneftgaz” matbuot xizmatining Kun.uz'ga tasdiqlaşiça, 1 martdan aksiz soliği hisoblanişi va birjada narxlarning erkin şakllanişi hisobiga Ai-80 rusumli avtobenzin narxi oşişi kutilyapti.
Rasmiylarga köra, 1 martdan birjaga çiqariladigan 1 tonna mahalliy Ai-80 benzinining boşlanğiç narxi 6 mln 863 ming sömdan, import avtobenzini esa 8 mln 36 ming sömdan şakllanib, birja savdolari yakuni bilan narxlar örtaça 8 mln 150 ming söm, ya’ni 1 litr uçun 6 100 sömni taşkil etişi kutilmoqda.
Bunda, narxlar özgarişi hisobiga “Özbekneftgaz” tasarrufidagi AYoQŞlarda 1 litr Ai-80 rusumli avtobenzinning çakana narxi mahalliy mahsulot uçun 6 800 sömdan, import mahsuloti uçun 7 000 sömdan böladi.
Ya’ni narxlar imtiyozli davrdan oldingi 6800-7500 sömlik darajaga qaytadi.
Ma’lum qilinişiça, aksiz soliği nol stavkada qöllanişi va birja savdolarida “spred” joriy etilişi davrida (2022 yil 12 dekabr – 2023 yil 22 fevral) respublika iste’molçilariga 386 ming tonna (örtaça kunlik 5 300 tonna), yoki ötgan yillarning mos davriga nisbatan 188,6 ming tonnaga köp Ai-80 benzini yetkazib berilgan.
















